APL klubi Dibala transferi bo‘yicha muzokara boshlashga tayyor
“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibila yangi mavsumdan faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Kuni kecha “Yuventus” bilan yangi shartnoma masalasida kelishuvga erisha olmagan Paulo Dibalaga “Arsenal”ham qiziqish bildirmoqda.
London klubi argentinalik hujumchining transferi borasida uning agenti bilan muzokara boshlashga tayyor.
Avvalroq, futbolchining vakillari 28 yoshli forvard uchun uzoq yillik shartnoma va yillik 18 million yevro maosh talab qilayotgani haqida xabar qilingan edi. Bu esa Turin klubi va futbolchi o‘rtasidagi muzokara boshi berk ko‘chaga kirib qolishiga sabab bo‘lgan.







