Sport

Taniqli sportchilarning shohona uyi

Ularning turarjoylari bir necha million dollarni tashkil etadi.

Taniqli sportchilarning shohona uyi

 

Dunyoga mashhur sportchilar yuqori maosh olgani bois ham o‘zlarining shaxsiy biznes va mol-mulklarga ega. Biz bugun sportchilarning shoxona uylari haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. 

 

Tiger Vuds, golfchi

 

Sportchining uyi AQSHning Florida shtatida joylashgan. Uning narxi taxminan 60 million dollarga baholangan. Vudsning uyi eng qimmat uylardan biri hisoblanadi. Koshona ko‘p xonali bo‘lib, ikkita suzish havzasi, shaxsiy plyaj, yaxtalar uchun ikkita marina va Tigerning shaxsiy golf maydonidan iborat. 

 

Lebron Jeyms, basketbolchi

 

NBA yulduzi Lebron Jeymsning uyi AQSHning Kaliforniya shtatidagi Brentvud shahrida joylashgan. Basketbolchi bu uyni 20 million dollarga sotib olgan.

 

Krishtianu Ronaldu, futbolchi

 

Portugaliyalik futbol yulduzining Madriddagi uyi o‘zgacha uslubda qurilgan. Bu uyni Ronaldu 7,1 million dollarga sotib olgan. Koshonada futbolchi uchun barcha sharoitlar yaratilgan:  ikkita sport zali va suzish havzasidan tortib, futbol mashg‘ulotlari uchun mini-maydonchagacha bor. Shuningdek, uyning har burchagida "CR" bosh harflarini uchratishingiz mumkin. Bu turar joy kimga tegishli ekanini bildiradi. 

 

Jordan Spit, golfchi

 

Jordan Spit dunyoning eng boy 10 nafar sportchisidan biridir. Jordan 2016 yilda 52,8 million dollar ishlab topadi hamda AQSHning Dallas shtatidan hashamatli uy sotib oladi. Uyning asosiy diqqatga sazovor joyi mozaik oynadan yasalgan hovuz hisoblanadi.

 

Rojer Federer, tennischi

 

Dunyoning eng kuchli tennischilaridan biri shveysariyalik Rojer Federer "afsonaviy" uyga ega. Uni Volero shahridagi qarorgohining nomi "The Residens" deb ataladi. Federerning koshonasi ko‘plab shisha devorlari va Tsyurix ko‘lining ajoyib manzarasini ask ettirgan.

 

Lionel Messi, futbolchi

 

Hozircha futbolchining uyi faqat chizmalar va loyihalarda mavjud. Lionel Messining Barselonadagi bo‘lajak uyi futbol to‘pi shaklida va u ekologik toza materiallardan quriladi. 

 

Devid Bekxem, futbolchi

 

Angliyalik sobiq futbolchi rafiqasi Viktoriya bilan birga London markazidan 4 qavatli uy sotib olgan. Xarid er-xotinga taxminan 40 million dollarga tushgan. Biroq Bekxem XIX asr oxirida qurilgan binoda ba’zi rekonstruksiya ishlarini olib borish orqali mulk qiymatini yanada oshirishni rejalashtirmoqda. U yerda uchish-qo‘nish yo‘lagi, salon va binodan hashamatli hovli bog‘iga olib boruvchi maxfiy tunnelning qo‘shilishi "Yangi Bukingem" saroyining narxini taxminan 47 million dollarga oshirdi.

 

Floyd Meyvezer, bokschi

 

Floyd Meyvezer butun dunyo bo‘ylab bir nechta uy va kvartiralarga ega. Ammo uning sevimli uyi Las-Vegasda joylashgan. Aynan o‘sha joyda bokschining "sport avtomobillarining" katta to‘plami bor. Bu yerda Floyd boks kechalari uyushtiradi va taniqli sportchilarni qabul qiladi. 

 

Konor Makgregor, aralash yakkakurashchi

 

Meyvezerning Vegasdagi uyi yaqinida Konorning ham uyi joylashgan. U yerda sportchining hashamatli basseyn, kurort, ulkan sport zali va garaji mavjud. Uyning derazasidan Vegasdagi ajoyib manzaralarni tomosha qilish mumkin.

 

Muallif: Jamshidbek AMIROV

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Taniqli sportchilarning shohona uyi | Zamon.uz