Yevro-2028 uchun kurash jiddiylashdi
Boris Jonson Yevro-2028 turnirini Ukrainada o‘tkazishni taklif qildi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 2028 yilgi futbol bo‘yicha Yevropa chempionatini Ukrainada o‘tkazishni taklif qildi. Siyosatchi bu fikrni Rossiyaning musobaqa mezbonligi uchun bergan arizasiga javoban bildirgan.
“Rossiya har qanday sport yoki madaniy tadbirga mezbonlik qilmoqchi. Hech kim ularning arizasini jiddiy ko‘rib chiqishiga ishonmayman. Menimcha, Rossiya Yevropa chempionatini o‘tkazish huquqini Ukrainaga bersa, yaxshiroq bo‘lardi”, — deya Jonsonning so‘zlaridan iqtibos “The Guardian” nashri iqtibos keltirdi.
Maʼlumot uchun: Buyuk Britaniya va Irlandiya ham Yevro-2028 mezbonligiga daʼvogarlik qilmoqda. Yevro-2028 va Yevro-2032 tashkilotchilari 2023 yil sentyabr oyida tanlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Mane bir bolani o‘limdan saqlab qolgani haqida xabar berilgandi.







