Habib Nurmagomedovning sirli bizneslari
U chempionlikdan topgan pullarini daromad keltiradigan turli tijorat loyihalariga sarflagan.

Habib Nurmagomedov yengil vazn toifasida UFC, jangovar sambo bo‘yicha ikki karra jahon, qo‘l jangi bo‘yicha Yevroosiyo chempioni. U Rossiya chempioni sifatida ham tan olingan. Nurmagomedov nafaqat sport, balki biznesdagi yaxshi yutuqlari bilan ham tanilgan.
“FITROO by Khabib”
Bu biznesda Habibdan tashqari uning sheriklari Umar Nurmagomedov va Islom Maxachevlar ham bor. Brend sog‘lom va faol turmush tarzini olib boradigan, o‘z diyetasi haqida qayg‘uradigan, yaxshi formada bo‘lishni xohlaydigan insonlar uchun yaratilgan. Brend turli darajadagi qulayliklarni taklif etadi.
EAGLE MOBILE
Ushbu kompaniya uyali aloqa operatori xizmatlarini taqdim etadi. Brend halol faoliyat va shaffof ish sharoitlariga amal qiladi. Shuning uchun u hech qachon o‘z mijozlariga keraksiz xizmatlarni taklif qilmaydi. Foydalanuvchilar samaradorlik va menejerlarning doimiy ish tartiblarini e’tirof etadi. Ushbu biznesning o‘ziga xos xususiyati xayriyadir. Abonentlardan tushadigan mablag‘larning bir qismi mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, og‘ir kasalliklarga chalingan va nogironlarga yordam beradigan fondlarga yo‘naltiriladi.
EFC (Eagle Fighting Championship)
Ushbu biznes loyihani Habib Nurmagomedovning eng muhim tashabbusi deb atash mumkin. Mazkur loyihada sobiq sportchi allaqachon ikkita — Nijniy Novgorod va Moskva shaharlarida o‘tkazgan. Habib “GFC” ligasiga egalik qiluvchi “Goriila Energy”dan ligani sotib olgan. Ushbu loyihaga eng ko‘p sarmoya kiritilgan. Chunki u sportni rivojlantirish bilan bog‘liq va yangi sportchilarni jalb qilishga yordam beradi.








