Men endi zaxirada o‘tirishni xohlamayman — Eldor Shomurodov
“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov jamoadagi o‘yinidan norozi.

“Roma”dagi o‘yinimdan noroziman. Men ko‘proq o‘ynashni xohlayman. Klub bilan amaldagi shartnomam bor. Tez-tez maydonga tushsam, jamoada qolaman. Men endi zaxirada o‘tirishni xohlamayman. Mourinyo bilan munosabatim yaxshi”, — deya Shomurodovning so‘zlaridan iqtibos keltirib, “RomaPress.net” nashri xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli hujumchi joriy mavsumda “Roma” safida barcha turnirlar doirasida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. A Ceriyada Eldor 21 ta o‘yin o‘tkazdi. Shomurodov har bir o‘yinda o‘rtacha 29 daqiqa o‘ynamoqda.
Avvalroq, Abramovich “Chelsi”ni kimga sotmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







