Salim Abduvaliyev “Lyudvig Nobel” mukofotini qo‘lga kiritdi
Ayni paytda Rossiyada laureatlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni daqiqalarda Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahrida Lyudvig Nobel mukofotini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu marosimda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi raisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy, iqtisod fanlari nomzodi, dunyoning bir nechta nufuzli universitetlari faxriy doktori, mesenat Salim Abduvaliyev ham ishtirok etyapti.
Salim Kirgizbayevichga 1888-yilda asos solingan, 2005-yildan qayta yo‘lga qo‘yilgan Lyudvig Nobel premiyasining 2022-yilgi mukofoti topshirildi.
Bu mukofot laureatlarga insoniyat oldidagi buyuk ishlari, professionalizm, erishgan yutuqlari uchun taqdim etiladi.








