Milliy jamoamiz o‘yiniga chiptalar narxi arzonlashtirildi
Shu kunlarda Namanganda “Navruz Cup-2022” xalqaro turniri o‘tkazilmoqda.

Namanganda o‘tkazilayotgan “Navruz Cup-2022” xalqaro musobaqasining 29 mart kuni bo‘lib o‘tadigan final va yarimfinal o‘yinlari uchun chiptalar narxi arzonlashtirildi.
“Navbahor” klubi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida chiptalar narxi barcha sektorlarga bir xil – 20 ming so‘m etib belgilangan.
“Asosiysi bitta chipta xarid qilib, 29 mart kungi ikkita o‘yin, yaʼni, Tojikiston – Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston – Uganda milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarni bevosita stadionda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Shuningdek, stadionga tashrif buyurgan muxlislar milliy jamoamiz futbolchilari dastxatlari tushirilgan futbolkalarni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi”, - deyiladi klub xabarida.
Avvalroq, Eldor Shomurodovning narxi keskin ko‘tarilgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







