FIFA reytingi yangilandi
O‘zbekiston ikki pog‘ona yuqoriladi.

FIFAning yangilangan reytingida Braziliya Belgiyani quvib o‘tib, peshqadamga aylandi. FIFA rasmiy sayti milliy jamoalarning mart oyidagi yangilangan reytingini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, “KONMEBOL” saralashining eng so‘nggi bellashuvlarida ishonchli g‘alabalarni qo‘lga kiritgan Braziliya milliy jamoasi umumiy ro‘yxat peshqadamiga aylanib oldi. Ikkinchi o‘rinda Belgiya joylashgan bo‘lsa, Fransiya kuchli uchlikka yakun yasab bergan.
Osiyo futbol konfederatsiyasi jamoalari orasida Eron peshqadamlik qilmoqda — 21-o‘rin. Undan keyingi o‘rinlarda Yaponiya (23-o‘rin) va Janubiy Koreya joy olgan (29-o‘rin).
O‘zbekiston milliy jamoasi “Navruz Cup”dagi g‘alabalari evaziga ikki pog‘ona yuqorilab, umumiy ro‘yxatning 83-o‘rniga joylashdi. “Oq bo‘rilar” OFK jamoalari o‘rtasida 11-o‘rinda bormoqda.
FIFA reytingi:
1. Braziliya
2. Belgiya
3. Fransiya
4. Argentina
5. Angliya
6. Italiya
7. Ispaniya
8. Portugaliya
9. Meksika
10. Niderlandiya
83. O‘zbekiston.
Avvalroq, O‘zbekiston terma jamoasining keyingi raqibi maʼlum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







