Portugallar halaskorining shartnomasi uzaytiriladi
“Manchester Yunayted” va Bruno Fernandesh shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi.

“Manchester Yunayted” portugaliyalik yarim himoyachi Brunu Fernandesh bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda sport jurnalisti Fabritsio Romano o‘zining twitter sahifasida maʼlum qildi.
Oldinroq, yangi shartnomaga ko‘ra, yarim himoyachining maoshi yiliga 14-15 million yevroni tashkil qilishi maʼlum bo‘lgandi. Bitim yaqin kunlarda imzolanadi.
Fernandesh 2020 yildan beri “Manchester Yunayted”da o‘ynab kelmoqda, u “Cporting”dan 63 million yevro evaziga o‘tgan edi. O‘yinchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra, futbolchining narxi 90 million yevroni tashkil etmoqda.
Maʼlumot o‘rnida: Bruno Fernandesh joriy mavsum chempionatda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, Goreska “Bavariya” bilan shartnomasini uzaytirgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







