Sport

Zuhriddin Qodirov qilichbozlik bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Bu O‘zbekiston sportining qilichbozlikdagi ilk oltin medali hisoblanadi.

Zuhriddin Qodirov qilichbozlik bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi


Ayni shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarida qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugungi musobaqa dasturida o‘g‘il bolalar o‘rtasida sablya yo‘nalishida bahslar o‘tkazildi.

 

Unda o‘zbekistonlik sportchi Zuhriddin Qodirov musobaqa doirasida barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi. U musobaqa davomida Kanada, Misr, Vengriya, AQSH va Germaniya vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi va jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.


Ta’kidlanishicha, bu mustaqil O‘zbekiston tarixiga Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan qilichbozlik yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatlaridagi birinchi oltin medal sifatida  kirdi.

 

Zuhriddin Qodirov qilichbozlik bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi | Zamon.uz