Abusupyan Magomedovning raqibi maʼlum bo‘ldi
Sportchi 4 iyun kuni jang olib boradi.

Asli rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Abusupyan Magomedov 4 iyun kuni “Fight Night UFC” turnirida Xoakin Bakli bilan to‘qnash keladi. Bu haqda “MMA Junkie” nashri xabar bermoqda.
Germaniyalik jangchi 2018 yilda PFL Gran-prisining finalchisiga aylangandi. Abusupyan so‘nggi jangini KSW ligasida o‘tkazgan edi va unda polshalik Sezar Kesikni cho‘kish usulida mag‘lub etgandi.
Bakli esa ketma-ket bir nechta g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. U oxirgi beshta jangning to‘rttasida g‘alaba qozongan.
Avvalroq, Konor Makgregor 2022 yilda jang o‘tkazishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







