Saloh “Barselona”ga o‘tmaydi
Futbolchi APLda faoliyatini davom ettirmoqchi.

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh Angliya Premyer-ligasida o‘ynashni davom ettirmoqchi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi. Oldinroq misrlik futbolchi xizmatlariga Ispaniyaning “Barselona” klubi qiziqayotgani, hujumchi yangi chempionatda o‘zini sinab ko‘rishga qarshi emasligi haqida maʼlum qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli Muhammad Saloh bu mavsumda APLda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. YECHLda esa 8 ta bahsda 8 ta to‘p kiritdi.
Avvalroq, Ansu Fati mashg‘ulotlarga qaytgani va “Barsa” stadionining nomi o‘zgartirilishi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







