Sport

Van Gal o‘rnini Kuman egallaydi

Gollandiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlanadi.

Van Gal o‘rnini Kuman egallaydi

 

Gollandiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib Ronald Kuman tayinlanadi. Bu haqda terma jamoa matbuot xizmati xabar berdi. U avvalroq prostata saratoni bilan kurashayotganini eʼlon qilgan Lui van Galning o‘rnini egallaydi. Kuman 2023 yildan boshlab terma jamoani boshqaradi.

 

Van Gal betob bo‘lishiga qaramay, jamoani 2022 yilning noyabridan dekabriga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Jahon chempionatining guruh bosqichida Gollandiya termasi Ekvador, Senegal va Qatar terma jamoalari bilan o‘ynaydi. Van Gal mamlakat terma jamoasini uch marta boshqargan. 2014 yilgi jahon chempionatida uchinchi o‘rinni egallagan.

 

Ronald Kuman 2020/2021 yilgi mavsumda “Barselona” bosh murabbiyi sifatida ishladi. Bu vaqt davomida u jamoa bilan “Qirol kubogi”ni qo‘lga kiritdi va La Ligada 3-o‘rinni egalladi. Ronald 2021 yil 28-oktabr kuni “Barselona” bosh murabbiyligidan isteʼfoga chiqarilgan edi.

 

Avvalroq, Kumandan keyin yana bir gollandiyalik “Barselona”nit ark etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Van Gal o‘rnini Kuman egallaydi | Zamon.uz