“Ajdarlar”ning Osiyodagi yurishi boshlanmoqda
Bugun Osiyo chempionlar ligasidan o‘rin olgan bahslar davom ettiriladi.

Musobaqada doirasida bugun Qarshining “Nasaf” klubi Qatarning “Al-Sadd” klubi mehmoni bo‘ladi. Kecha chempionlar ligasining birinchi turi doirasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan yana bir klubimiz “Paxtakor” Eronning “Sepaxon” klubiga 3:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. “Nasaf”ning bugungi o‘yinidan o‘zbek futbol ishqibozlarining umidi katta. Biz ushbu bahs oldidan jamoaning oxirgi natijalari va imkoniyatlari haqida gapirmoqchimiz.
OFKdan OChLga
O‘tgan mavsum OFK kubogida qatnashgan qarshiliklar bu safar Osiyoning eng nufuzli turnirida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. OFK kubogida ishtirok etgan “Nasaf” musobaqaning finaliga qadar yetib borib, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Qarshiliklar Chempionlar ligasi final bahslariga saralash o‘yini orqali yo‘l oldi. “Ajdarlar” pley-offda Birlashgan arab amirliklarining “Baniyas” klubini mag‘lub etib, Chempionlar ligasining guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Umuman olganda Qarshi jamoasi ushbu musobaqada beshinchi bor ishtirok etadi. To‘rt marta klub (2012, 2015, 2016, 2018) guruh bosqichidayoq ishtirokini yakunlagan. Bu safar Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlaridan sovuq anaʼanaga nuqta qo‘yish imkoniyati mavjud.
“Al-Sadd” noqulay raqibmi?
“Nasaf” Qatar klublari bilan umumiy hisobda Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichida olti marotaba to‘qnash kelgan. Bugungi o‘yin tarixdagi yettinchisi hisoblanadi. O‘tkazilgan oltita o‘yinning bittasida “Nasaf” g‘alaba qozongan bo‘lsa, 2018 yil esa Qarshi shahrida o‘tgan o‘yinda “Al Sadd”ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan. Bu hozircha klub tarixida Qatar klublari ustidan qozonilgan yagona g‘alaba hisoblanadi.
Qatar… “Al-Sadd”… tarkib
“Al Sadd o‘tgan mavsum Qatar Yulduzlar Ligasini 62 ochko bilan chempion sifatida yakunladi. Jamoani hozida ispaniyalik Xavi Grasiya boshqarib kelmoqda. Mutaxassis faoliyati davomida “Valensiya”, “Uotford”, “Malaga”, “Rubin” klublarida ishlagan. “Al-Saad” tarkibida Abdulkarim Hassan, Bualem Xuxi, Pedro Migel, Akram Afif, Hasan Al Haydos, Rodrigo Tabata kabi Qatar terma xamoasi futbolchilari bor. Shuningdek, Santi Kasorla, Bag‘dod Bougedja, Andre Ayyu klub asosiy legionerlari hisoblanadi.
“Ajdarlar”ning holati qanday?
Hozirda “Nasaf” klubi O‘zbekiston chempionatining uch o‘yinida besh ochko jamg‘argan holda sakkizinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa hisobida ikkita durang va bir g‘alaba mavjud. Qarshiliklar oxirgi turda Lokomotiv klubini safarda 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu klubning bugungi o‘yiniga ijobiy taʼsir ko‘rsatishi turgan gap. Saudiya Arabistoni safaridan oldin “Nasaf”ning qanot himoyachisi Sherzod Nasrullayev “Lokomotiv” bilan o‘yinda jarohat olib safdan chiqdi. Shuningdek, G‘olib G‘aybullayev ham jarohati sabab jamoaga yordam bera olmasligi aniq bo‘lgan.
Maʼlumot uchun, jamoa vakilari ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida mezbon “Al Sadd” oq rangli, “Nasaf” esa qizil rangli liboslarda maydonga tushadi.
Jamshidbek Amirov







