Hamzat Chimayev: “Byornsni bir daqiqa ichida yengaman”
UFC jangchisi Gilbert Bernsni osonlik bilan mag‘lub etmoqchi.

UFC yarim o‘rta vazn toifasidagi Hamzat Chimayev Gilbert Bernsga qarshi jang haqida gapirdi.
“Men Bernsni bir daqiqadan kamroq vaqt ichida nokaut qilaman. Sizga vaʼda beraman. U kichkina va qo‘rqinchli yigit. Kecha unga “Kuchingni ko‘rsat”, dedim, lekin hech narsa qila olmadi. “Shanba kuni ko‘rsataman” — deb va qochib ketdi”, — dedi Chimayev matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Chimayev va Berns o‘rtasidagi jang 9 aprel kuni UFC 273 turnirida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq, Habib Numagomedov Chempionlar ligasi favoritlarini aytgani va Petr Yan doping tekshiruvidan o‘tgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







