Klopp Gvardiolani dunyoning eng yaxshi murabbiyi sifatida tan oldi
Murabbiy barcha uning fikriga qo‘shilishini aytdi.

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Manchester Siti” murabiyi Pep Gvardiolani dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb atadi.
"Gvardiola - dunyoning eng yaxshi murabbiyi. O‘ylaymanki, barcha bu fikrga qo‘shiladi. Unga qanday qilib kimdir shubha qilishi mumkinligini tushunmayman. Gvardiola haligacha “Manchester Siti” bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozona olmagani omadsizlikdir”, - deya Yurgen Kloppning so‘zlarini “Sky Sports” nashri keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, 10 aprel, yakshanba kuni Angliya premyer-ligasining 32-turi doirasida “Manchester Siti” – “Liverpul” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘yin Angliyaning Manchester shahridagi “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq, Yurgen Klopp bilan Jeyms Milner qanday janjallashib qolgani va Muhammad Saloh “Barselona”ga o‘tmasligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







