Sport

Slavche Voyneski: "Eʼtiborsizligimiz qimmatga tushdi"

“Paxtakor” bosh murabbiy OCHLning birinchi o‘yini haqida gapirdi.

Slavche Voyneski: "Eʼtiborsizligimiz qimmatga tushdi"

 

 

“Paxtakor” bosh murabbiyi Slavche Voyneski OCHL 1-turidan o‘rin olgan “Sepaxon” bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

 

"O‘yinni ikki qismga bo‘lgan bo‘lardim. Birinchi bo‘limda bahsni nazorat qildik, gol urdik, yaxshi harakatlandik. Biroq ikkinchi bo‘limda standart vaziyatlardan keyin ikki marta qo‘pol xato qildik va hisobda ortda qola boshladik. Keyin oldinga tashlanish natijasida uchinchi golni o‘tkazdik. Ruhiy va jismoniy tayyorgarlik yonma-yon yuradi. Xatolarni eʼtiborni yo‘qotganimiz bilan izohlagan bo‘lardim. Bu bizga qimmatga tushdi. Yigitlar oxirigacha kurashishdi, buning uchun ularga rahmat. Guruhda barcha bellashuvlar og‘ir kechadi, buni o‘yindan oldin ham aytib o‘tgandim. Yaxshi saviyali jamoalar jamlangan guruhdan joy olganmiz", — deya klub matbuot xizmati Voyneskining so‘zlarini keltirdi.

 

Eslatib o‘tamiz, kecha “Paxtakor” klubi safarda Eronning “Sepaxon” jamoasiga 3:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

 

Avvalroq, “Paxtakor” uchun sinov boshlanayotgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Slavche Voyneski: "Eʼtiborsizligimiz qimmatga tushdi" | Zamon.uz