Xalqaro tashkilot Ronaldu bilan hamkorlikni to‘xtatdi
Futbolchi bolalar huquqlarini himoya qilish tashkiloti homiyligini tark etgan.

“Save the Children” (“Bolalarni asrang”) xalqaro tashkiloti vakili “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu endi uning homiysi emasligini aytdi.
“Krishtianu dunyo bo‘ylab muhtoj oilalarga yordam berish orqali “Save the Children” tashkilotini qo‘llab-quvvatladi. U 2018 yildan beri biz bilan ishlamayotgan edi. Endi u bizning homiyimiz emas”, — deya “The Sun” nashri tashkilot so‘zlarini keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2013 yildan beri xayriya homiysi bo‘lib kelgan. Tashkilot (“Save the Children”) Buyuk Britaniyada tashkil etilgan va butun dunyo bo‘ylab bolalar huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanadi.
Avvalroq, Ronaldu jamoadoshini tanqid qilgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







