Birinchi o‘yin hal qiluvchi bo‘ldi — Yulian Nagelsman
“Bavariya” murabbiyi chempionlar ligasi haqida gapirdi.

“Bavariya” bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann jamoasi YECHL 1/4 finalida “Vilyarreal”ga (1:1, birinchi o‘yin — 0:1) mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
“Birinchi o‘yin hal qiluvchi bo‘ldi. O‘sha qarama-qarshilikda mag‘lub bo‘ldik. Bugun juda yaxshi o‘ynadik. Taktika va shiddat nuqtayi nazaridan bu oxirgi oylardagi eng yaxshi o‘yinlarimizdan biri bo‘ldi. Musiala birinchi bo‘limni juda ajoyib o‘tkazdi. Ikkinchi bo‘limda Myuller hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirishi kerak edi. Bu 100%lik imkoniyat edi, bunday vaziyatlar tez-tez sodir bo‘lmaydi. Raqib juda intizomli va chuqur himoyalandi. Va ular gol urishgach, bizda tartibsizlik boshlandi”, — dedi Nagelsmann.
Avvalroq, Benzemaga prezidentlik saylovida ovoz berilgani haqida xabar berilgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







