Ibrohimxalil Yo‘ldoshev klubini o‘zgartiradi
O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisiga Moskvaning “Spartak” klubi qiziqish bildirmoqda.

“Sport-Ekspress” nashri xabariga ko‘ra, “Nijniy Novgorod” klubining 21 yoshli o‘zbekistonlik himoyachisiga Moskvaning “Spartak” jamoasi qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, Moskva klubi Ibrohimxalil Yo‘ldoshevni qariyb ikki oydan buyon kuzatib kelmoqda. U Rossiya Premyer-ligasi 22-turi doirasida “Spartak” darvozasini ishg‘ol (1:1) etgach, moskvaliklarning futbolchiga nisbatan qiziqishi yana-da ortgan. Rossiyaning ko‘p karra chempioni sanalmish ushbu klub, mart oyida jamoa bilan xayrlashib Braziliyaga qaytgan Ayrton o‘rniga Yo‘ldoshevni taklif etishni rejalashtirmoqda.
Maʼlumot uchun, 21 yoshli chap qanot hujumkor himoyachi Rossiya chempionatining joriy mavsumida 19 o‘yinda bitta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Ibrohimxalilning narxini 800 ming yevroga baholamoqda.
Avvalroq, U-23 Osiyo chempionatiga qurʼa tashlangani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







