Holandning agenti “Barsa” prezidenti bilan gaplashdi
Hujumchining kelajagi yaqin haftalarda hal bo‘ladi.

Laporta Rayolaga “Barsa” hali ham Xolandni sotib olishni xohlayotgani haqida xabar berdi. Agent bu oson bo‘lmasligini aytdi
“Barselona” Erling Holandga qiziqishda davom etmoqda, ammo transfer oson bo‘lmaydi.
“Borussiya” hujumchisining agenti Mino Rayola yaqinda Joan Laporta bilan norvegiyalik futbolchining transferi haqida gaplashdi.
Kataloniya klubi prezidenti yozda 21 yoshli hujumchini qo‘lga kiritish uchun yana bir urinib ko‘rishini aytdi.
Rayola Laportaga Holand faoliyatini qayerda davom ettirishini hali hal qilmagan bo‘lsada, “Barsa” uchun uni qo‘lga kiritish qiyin bo‘lishini, chunki klubning moliyaviy ahvoli “Manchester Siti” va “Real” Madridnikidan ham yomonroq ekanligini taʼkiddi.
Hujumchi kelajagi haqida yaqin haftalarda qaror qabul qilishi kutilmoqda.
Avvalroq, Xavi Holand bilan uchrashgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







