“Barselona” muxlisi sifatida bu holatdan uyalaman — Laporta
Jamoa prezidenti muxlislardan norozi.

“Barselona” prezidenti “Ayntraxt”ga qarshi o‘yinda “Kamp Nou”dagi vaziyatni sharmandalik deb atadi.
Kataloniyada bo‘lib o‘tgan Yevropa ligasi o‘yiniga nemis klubining ko‘plab muxlislari tashrif buyurishdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, uchrashuvda kataloniyaliklarning 20 ming ortiq muxlisi o‘yindan norozi holda tribunani tark etishdi.
“Tribunada sodir bo‘lgan voqea takrorlanib bo‘lmaydigan sharmandalikdir. Biz qattiqroq o‘ynashimiz va baʼzi xatolarga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak edi. “Barselona” muxlisi sifatida men u holatdan uyaldim. Tribunada ko‘rganlarimdan xijolat bo‘ldim”, — dedi Joan Laporta.
Avvalroq, “Barselona” transferlar uchun mablag‘ izlayotgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







