Javohir Sindarovdan yana bir xushxabar
Shaxmatchimiz xalqaro turnir g‘olibiga aylandi.

12-13 aprel kunlari BAAning Sharja shahrida shaxmat bo‘yicha “ГМ Старс 2022 Интернатионал Чесс Рамадан Эвент” xalqaro turniri o‘tkazildi. Davraviy tizimda o‘tgan ushbu turnirda 6 ta mamlakatdan 6 nafar grossmeyster qatnashdi.
Turnirda BAA vakili, arab mamlakatlari orasida eng yuqori reytingli shaxmatchi Salim Solih (ФИДE reytingi 2 621 ball), Igor Miladinovich (Serbiya, 2 582), Viorel Iordachesku (Moldova, 2 566), Adli Ahmad (Misr, 2 546), Grivas Efstratsios (Gretsiya, 2 423) kabi taniqli shaxmat ustalari qatorida hamyurtimiz Javohir Sindarov (2 425 ball) ham ishtirok etdi va yakunda g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.
Javohir 10 imkoniyatdan 8 ochko jamg‘arib, musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘rinlarni 6,5 ochkodan jamg‘argan Misr va BAA vakillari band etishdi.
Avvalroq, Nodirbek Abdusattorovga uy sovg‘a qilingani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







