Kelajagi porloq deya e’tirof etilayotgan o‘zbek MMA jangchilari
Siz ulardan kimlarni taniysiz?

O‘zbekistonda jangovar san’atning o‘rnini ortiqcha baholab bo‘lmaydi. Yurtimizda boks gullab-yashnamoqda, o‘zbek bokschilari uzoq vaqtdan beri jahon miqyosidagi musobaqalarda ishtirok etib, ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqda. Aytish joizki, O‘zbekistonda MMA sport turi ham rivojlanib bormoqda. Yurtimiz sportchilari allaqachon katta tashkilotlarda ishtirok etishmoqda. Biz O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan eng kuchli MMA jangchilari haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
O‘zbek MMA jangchilari Mahmud Murodovning nomini juda yaxshi taniydi. Sportchi o‘zbekistonlik jangchilar orasida eng mashxuri hisoblanadi. U 2019 yildan beri UFSda jang qilib kelmoqda. Unga sportchi boks yulduzi Floyd Meyvezerning taklifiga binoan o‘tgan. Murodov UFSda uchta jang o‘tkazgan bo‘lib ularning ikkitasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, oxirgi jangida sportchi Misha Sirkunov mag‘lub bo‘lgan edi.
Nursulton Ro‘ziboyev ham eng tajribali o‘zbek jangchilaridan biri hisoblanadi. Uning professional janglari soni 40 dan oshgan. 2021 yilda 28 yoshli Nursulton ikki yillik tanaffusdan so‘ng karerasida 6 ta g‘alabaga erishdi.
34 yoshli og‘ir vazn toifasidagi Aleksandr Stolyarov “ASA” va “Open Fighting Championship” kabi promouterlik kompaniyalarida qatnashgan. Stolyarov 2013 yildan buyon professional sportchi sifatida jang olib bormoqda. U, asosan, MDHda ishtirok etib kelmoqda. Aleksandr MMAda 26 g‘alabani qo‘lga kiritgan.
35 yoshli MMA faxriysi Alixon Hasanov 2011 yildan beri janglarda ishtirok etib kelmoqda. Alixon yengil vazn toifasida jang qiladi. Jahon miqyosida Hasanov yutuqlari bilan e’tirof etilmagan, ammo u kuchli jangchi sifatida obro‘ qozongan. O‘tgan yili u ikki yillik tanaffusdan so‘ng jang olib bordi, ammo mag‘lub bo‘ldi.
Yana bir 35 yoshli faxriy jangchi Amin Ergashov og‘ir vazn toifasida ishtirok etadi. O‘tgan yilning aprel oyida Amin Habib Nurmagomedovga tegishli bo‘lgan “Eagle FS” ligasida debyut qilgan edi. U yerda jangchi 2 ta g‘alabani qo‘lga kiritdi.
25 yoshli o‘zbekistonlik yarim o‘rta vazn toifasidagi sportchi Mashrabjon Ro‘ziboyev ayni damda faoliyatining cho‘qqisida. Ro‘ziboyev faoliyatidagi 13 ta jangning 8 tasida nokaut evaziga g‘alaba qozongan. Mashrabjon 2016 yildan buyon professional tarzda faoliyat olib bormoqda. Jangchi “Open FS”, “Brave” “SF”, “VEF” va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlagan.
Ajoyib nokautlar bilan tanilgan Shohasan Mirzamatov yarim o‘rta vazn toifasi yulduzlaridan biri hisoblanadi. Mirzamatov debyutini 2015 yilda o‘tkazgan, biroq keyin qamoqqa tushib, navbatdagi jangini 5 yildan keyin o‘tkazgan. 2021 yilda Shohasan 7 ta g‘alabaga erishdi.
Shohasan Mirzamatov, o‘zbek MMA jangchilari orasida eng kuchlilaridan biri hisoblanadi.
Muzaffar Rajabov ham og‘ir vazn toifasida jang olib boradi. U 2014 yildan buyon professional tarzda jang qilib kelmoqda. So‘nggi 4 yil ichida Muzaffar birorta ham jangda mag‘lub bo‘lmadi. Bu esa jangchiga Eagle FK bilan shartnoma imzolash imkonini berdi. U yerda Rajabov shu kungacha 1 ta jang o‘tkazib, nokaut bilan g‘alaba qozongan.
Azamat Nuftillayev dastlab “Eagle FS” va “Alash Pride” kabi tashkilotlarda chiqish qilgan. Jangchi 11 jangdan iborat g‘alabali seriyani qayd etmoqda. Azamat UFS jangchilari ro‘yxatiga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan eng yorqin o‘zbek jangchilaridan biri.
Yana bir yarim vazn toifasidagi jangchi Bobur Qurbonov 7 yildan ortiq professional kurash olib boradi. Qurbonov “M-1 Global” va “Alash Pridye” ligalarida jang qilgani bilan tanilgan.
Ramazonbek Temirov — katta ligada kelajagi porloq deya e’tirof etilayotgan MMA jangchisi. Sportchi hozirda 24 yoshda. O‘tgan 9 oy ichida u 4 ta g‘alabali seriyani qayd etgan
Muallif: Jamshidbek AMIROV








