Sport

Ronaldo professional klub egasiga aylandi

Sobiq futbolchi 70 million dollarga yangi jamoa sotib oldi.

Ronaldo professional klub egasiga aylandi

 

Braziliyalik sobiq hujumchi, ikki karra jahon chempioni Ronaldo “Kruzeyro” jamoasining 90 foiz aksiyasini sotib olib, jamoa egasiga aylandi. Bu haqda klub sayti maʼlum qildi. Kelishuv sobiq futbolchiga 70 million dollarga tushgan.

 

Shu tariqa “Kruzeyro” Ronaldoga tegishli ikkinchi klubga aylandi. U shuningdek, Ispaniyaning “Valyadolid” klubiga ham egalik qiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, 1993 yilda Ronaldo o‘zining birinchi professional futbol klubi “Kruzeyro”ga 50 000 dollar evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Klub safida 1993 yilning iyul oyidan 1994 yilning avgustiga qadar to‘p surgan. U bu vaqt mobaynida 57 ta gol urib klubning eng yaxshi to‘purariga aylangan. Shundan so‘ng Yevropa klublari unga jiddiy qiziqish bildirgan. Shu tariqa Ronaldo 1994 yilda Gollandiyaning “PSV” klubiga o‘tadi va u yerdan Yevropadagi faoliyati boshlanadi.

 

Avvalroq, Ronalduning avtoparki namoyish etilgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Ronaldo professional klub egasiga aylandi | Zamon.uz