Afrika chempioni “Liverpul” uchun juda zarur
“Liverpul” Mane bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshladi.

“Liverpul” klubi hujumchi Sadio Manega yangi shartnoma taklif qildi. Bu haqda jurnalist Ekrem Qo‘nur twitter sahifasida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ingliz klubi 30 yoshli futbolchiga 2025 yilning yoziga qadar shartnoma taklif qilmoqda. Senegallik hujumchining amaldagi shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Maʼlumot o‘rnida: Mane 2016 yilda “Sautgempton”dan “Liverpul”ga 41,2 million yevro evaziga o‘tgan edi. Hujumchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portal Manening narxini 80 million yevroga baholagan.
Avvalroq, Yurgen Klopp bilan Jeyms Milner qanday janjallashib qolgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







