O'zbekiston

Dunyoning tomi soyabonmi yo vijdon?

Yaxshi insonlar bor ekan, dunyoning tomi — vijdon.

Dunyoning tomi soyabonmi yo vijdon?

 

“Ertalab ishxonamga kirdim-u, xonani egallab olgan soyabonlar oralab yurarkanman, sumkamga qo‘l uzatdim. Yo‘q! Yangi yilda farzandlarimiz uchun Qorbobo chaqirgan turmush o‘rtog‘im meni ham hayratlantirish istagida sovg‘a to‘la qopga soyabon solib qo‘ygan ekan. Qor-yomg‘ir yog‘sa, yuzasida gulchalar paydo bo‘ladigan binafsharang soyabonni qo‘limga olganimda, qanchalik xursand bo‘lganimni bilsangiz edi. 

 

Qarang, esipastlik qilib, erimning kutilmagan sovg‘asini qayerdadir — bekatda yoki taksida unutib qoldiribman. Bugun birinchi bor taqishim edi-ya! Endi... Endi nima qilaman? Azboroyi ishdan keyin soyabonsiz yomg‘irdan ivib ketishimga emas, turmush o‘rtog‘im bilib qolsa, xafa bo‘lishidan tashvishlanardim. Tushlik payti ishxonamizga yaqin magazinga borib, xuddi shunaqasini qidirib ko‘raman. Topolmasam, bozorga chopaman. Xayolimda kechgacha soyabonni “iziga qaytarish” yo‘llarini izlab, rejalar tuza boshladim. Shunga yarasha ishim ham kayfiyatsiz boshlandi.  

 

Hamkasblarimdan biri odamlarda vijdon tuyg‘usi yo‘qolib borayotganidan gap ochdi. Kecha do‘konga kirganida kassa oldida hamyonini unutib qoldirganini va 15 daqiqadan keyin ortiga qaytib, topolmaganini aytdi. Beixtiyor hammamiz unga qo‘shildik. Ammo soyabonim haqida og‘iz ochmadim. Shunchaki tushlikda men ham do‘konga o‘tib kelmoqchiligimni, soyabon olmasam bo‘lmasligini gap orasida qistirib o‘tdim. 

 

Tezroq tushlik bo‘lishini intiq kutib o‘tirganimda, ofisimiz qorovulxonasidan ko‘ng‘iroq bo‘ldi. Meni so‘rab kelishibdi. “Kim ekan, shoshib turganimda”, deya uf-uflab pastga tushdim. Kiraverishdagi xollda taksichi yigit turardi, qo‘lida soyabonim! Mashinaning orqa o‘rindig‘iga chiqqan yo‘lovchi “Ayolingizning soyaboni, shekilli”, deya yuqoriga olib qo‘yayotgan ekan, haydovchi hayron qolibdi. Keyin ertalab meni shu ofisga tashlab o‘tgani esiga tushibdi va mijozini manziliga yetkazgach, iziga qaytibdi. Biroq yo‘lda aeroportga shoshayotgan yana ikki yo‘lovchiga xizmat qilishiga to‘g‘ri kelibdi. Shu sabab oradan ikki soatcha o‘tib, ishxonamga yetib kelgan. Soyabonimni qo‘limga olarkanman, “Haqiqiy Qorbobo ekansiz”, dedim jilmayib. “Yo‘g‘ey”, degancha yaxshi inson mashinasi tomon chopdi.  

 

Yaxshi insonlar bor ekan, dunyoning tomi — vijdon”.

 

Muallif: Shoira Shagiahmedova

Maktablarda sport rivojlantiriladi: olimpiya sport turlari bo‘yicha to‘garaklar ochiladi

Maktablarda sport rivojlantiriladi: olimpiya sport turlari bo‘yicha to‘garaklar ochiladi

2027-yildan sport musobaqalari g‘oliblariga diplom va sertifikatlar elektron shaklda beriladi.

O‘zbekiston va O‘mon yetakchilari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

O‘zbekiston va O‘mon yetakchilari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev Sultonlikning oliy davlat mukofoti – “Ol Said” ordeni bilan taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Sulton Haysam bin Toriq Ol Said uchrashuv o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Sulton Haysam bin Toriq Ol Said uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda faol rivojlanayotgani qayd etildi.

Chilonzorda Nexia-3 daraxtga urildi: uch kishi halok bo‘ldi

Chilonzorda Nexia-3 daraxtga urildi: uch kishi halok bo‘ldi

YTHga avtomobil rul boshqaruvida yuzaga kelgan texnik nosozlik sabab bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga bordi

Prezidentni O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said va sultonlikning yuqori darajali rasmiylari kutib oldi.

Renovatsiya evaziga 1 ta uy o‘rniga 2 ta xonadon: Toshkentda yangi imkoniyat

Renovatsiya evaziga 1 ta uy o‘rniga 2 ta xonadon: Toshkentda yangi imkoniyat

Uy-joy masalasini hal etishning yana bir varianti sifatida mulkdorlarga Yangi Toshkent hududidan xonadon ajratish taklif etilishi mumkin.

Buxoroda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindimi? Maktab boshqarmasi izoh berdi

Buxoroda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindimi? Maktab boshqarmasi izoh berdi

Maktabning tom qismi qulab tushgan, boshqa xonalarida ham konstruktiv nuqsonlar aniqlan bo'lib, bino foydalanishga yaroqsiz deb topilgan.

22 daraja iliq bo‘ladi: hafta davomida ob-havo qanday o‘zgaradi?

22 daraja iliq bo‘ladi: hafta davomida ob-havo qanday o‘zgaradi?

Toshkent shahrida hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi.