“Real” o‘z shogirdini qaytarib olmoqchi
Madrid klubi yana bir transferni amalga oshiradi.

Madridning Real klubi Rayo Valekano himoyachisi Fran Garsiyani sotib olishga yaqin turibdi. Bu haqda “Defensa Central” nashri xabar bermoqda.
22 yoshli Garsiya Madrid klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2021 yilning yozida “Real Madrid” uni 2 million yevroga “Rayo Valekano”ga sotgandi. Yangi jamoasi uchun himoyachi chempionat va Ispaniya kubogi doirasidagi 33 ta o‘yinda ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, Garsiya va “Rayo Valekano” o‘rtasidagi kelishuv 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 5 million yevroga baholagan.
Avvalroq, Benzemaga prezidentlik saylovida ovoz berilgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







