UFC afsonasi qaytmoqda
U ishtirokida jang yozda bo‘lib o‘tadi.

Uzoq vaqt davomida P4P reytingini boshqargan UFC afsonasi Jon Jons yana oktagonga qaytmoqda. Amerikalik sobiq chempionning jangi yozda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Uning raqibi boshqa bir sobiq chempion Stipe Miochich bo‘ladi. Bu haqda UFC prezidenti Dana Uayt TMZ “Sports” nashriga bergan intervyusida maʼlum qildi.
"Bu yozda bizda ajoyib turnirlar bor va umid qilamanki, Jon Jons ulardan birida ishtirok etadi. Menimcha, uning Stipe Miochichga qarshi jangi eng mantiqiy. Buning ustida ishlayapmiz", - dedi tashkilot rahbari.
Agar bu jang haqiqatan ham bo‘lib o‘tsa, katta ehtimol bilan bu chempionlik jangi bo‘ladi va Jons va Miochich og‘ir vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempionlik kamari uchun jang qilishadi.
Avvalroq, "UFC Vegas 51" ning to‘liq kardi eʼlon qilingani haqida xabar berilgandi.







