Dana Uayt Bernsga katta vada berdi
U sportchi ishtirokida yana jang uyushtiradi.

Braziliyalik UFC jangchisi Gilbert Bernsning aytishicha, asli chechen bo‘lgan shved jangchisi Hamzat Chimayev bilan jangdan so‘ng UFC prezidenti Dana Uayt bilan uchrashgan va u unga katta jangni vaʼda qilgan.
“Men g‘alabani kutgandim, biroq buni uddalay olmadim. Har holda jang hammaga yoqdi. Men Dana Uayt bilan uchrashdim va u xursand bo‘ldi. U keyingi jangim ham mana shunday katta bo‘lishini aytdi. Kim bilan to‘qnash kelishimni bilmayman. Biroq, Dana menga jangni vaʼda qildi”, - deydi Berns.
Eslatib o‘tamiz, Chimayev va Berns o‘rtasidagi jang 10 aprel kuni UFC 273 turniri doirasida bo‘lib o‘tdi.To‘qnashuv uch raund davom etdi va shundan so‘ng hakamlar bir ovozdan Hamzatga g‘alabani taqdim etdi.
Avvalroq, Tramp Konor-Porye jangida qatnashishi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







