Sport

Ronaldu “Liverpul” muxlislariga rahmat aytdi

Hujumchi yaqinda yangi tug‘ilgan o‘g‘lidan ayrilgan edi.

Ronaldu “Liverpul” muxlislariga rahmat aytdi

 

 

Ronaldu o‘g‘lining o‘limi munosabati bilan uni qo‘llab-quvvatlagan “Liverpul” muxlislariga murojaat qildi.

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Liverpul” muxlislariga yangi tug‘ilgan o‘g‘lining o‘limi munosabati bilan uni qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.

 

“Bir dunyo… Bitta sport… Bitta katta oila… Rahmat “Enfild”. Men va mening oilam bu hurmat va rahm-shafqat ishorasini hech qachon unutmaymiz”, — deb yozdi Ronaldu o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

 

Eslatib o‘tamiz, 30-tur uchrashuvidan o‘rin olgan “Liverpul” — “Manchester Yunayted” o‘yini Liverpuldagi “Enfild” stadionida bo‘lib o‘tdi va 4:0 hisobida yakunlandi. Mazkur uchrashuvning yettinchi daqiqasida “Enfild”dagi muxlislar Ronalduni olqishlar bilan qo‘llab-quvvatlashdi. “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp ham chetda turmadi va muxlislar bilan birga olqishladi. Krishtianuning o‘zi oilaviy ahvoli og‘ir bo‘lgani uchun o‘yinni o‘tkazib yubordi.

 

Avvalroq, Ronaldu jamoadoshlarini tanqid qilgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Ronaldu “Liverpul” muxlislariga rahmat aytdi | Zamon.uz