“Sherlar” bugun sherligini ko‘rsata oladimi?
Bugun Chempionlar ligasining navbatdagi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Unda Toshkentning “Paxtakor” klubi Osiyo chempionlar ligasi 5-turida doirasida Eronning “Sepaxan” klubi bilan bahs olib boradi.
Hozirgacha eronliklarga qarshi bellashuvlarda “Sherlar” 24 bellashuvning 14 tasida zafar quchgan. To‘rt o‘yinda durang qayd etilib, raqiblar 6 bor g‘alaba qozongan. Raqib darvozasiga 34 to‘p kiritilib, 25 gol o‘tkazib yuborilgan.
“Sepaxan” bilan uch bellashuvning ikkitasida raqiblar ustun kelgan. Bir o‘yin “Paxtakor” g‘alabasi bilan tugagan.
Bahsni “Paxtakor” tarkibida Ikrom Aliboyev va Mirjahon Mirahmadov diskvalifikatsiya sababli o‘tkazib yuboradi. Eronliklar safida bunday yo‘qotish mavjud emas.
Maʼlumot uchun: “Sepaxan” va “Paxtakor” o‘rtasidagi o‘yin bugun Burayda shahridagi “Qirol Abdulloh” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 22:15da boshlanadi.
Avvalroq, Osiyoda futbol mavsumi boshlanayotgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







