Ayni damda Benzema dunyoning eng yaxshi hujumchisi — Gyundogan
U Karim Benzema Ronalduning soyasida qolib kelganini aytdi.

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan “Real” hujumchisi Karim Benzema haqida gapirdi.
“Ayni damda Benzema Levandovski bilan birga dunyoning eng yaxshi hujumchisi. U oyoq bilan birga boshi bilan ham juda yaxshi o‘ynaydi. U tanqidchilarga kuchli hujumchi ekanligini ko‘rsatmoqda. Karim uzoq vaqt davomida Krishtianu Ronalduning soyasida qolib keldi. Benzemada “Oltin to‘p”ni olish uchun barcha imkoniyatlar mavjud”, - dedi Gyundogan.
Eslatib o‘tamiz, 26 aprel kuni UEFA Chempionlar ligasi 1/2 finalining birinchi o‘yini “Manchester Siti” – “Real” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yini esa 4 may kuni Madrid shahrida o‘tkaziladi.
Avvalroq, Benzemaga prezidentlik saylovida ovoz berilgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







