Golland gollandni chorlamoqda
Frenki de Yong “Manchester Yunayted”ga o‘tishi mumkin.

Barselona yarim himoyachisi Frenki de Yong faoliyatini Angliya premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Sport.es” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli gollandiyalik futbolchining xizmatlariga “Manchester Yunayted” qiziqish bildirmoqda. De Yong “Manchester Yunayted”ning yozgi mavsumdagi transferi ro‘yxatiga kiritilgan. Qayd etilishicha, de Yong “Barselona”da qolishni xohlamoqda, biroq futbolchi yangi mavsumdan “qizil iblislar”ni boshqaradigan Erik ten Xagning rejalaridan joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, De Yong 2019 yilda “Ayaks”dan “Barselona”ga o‘tgan edi. Gollandiyalik yarim himoyachi joriy mavsumda La Liganing 27 ta o‘yinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, Barselona tarkibida o‘zgarishlari bo‘lsihi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







