“Milan”ning transferlari uchun 300 million yevro beriladi
Klubni Bahraynning eng yirik investitsiya fondi sotib olmoqda.

Bahraynning eng yirik investitsiya fondi – “Investcorp” “Eliott Management” bilan Italiyaning “Milan” klubini sotib olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Tomonlar kelishuvni oy oxirigacha yakunlashga umid qilmoqda. Bu haqda “Football Italia” nashri xabar berdi.
2022/2023 yilgi mavsum uchun “Investcorp” “Milan”ga transfer bozorini kuchaytirishga katta miqdorda sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Kompaniya keyingi ikki transfer oynasi uchun 300 million yevro ajratishga tayyor.
Yozda “Milan” “Liverpul” hujumchisi Divok Origini sotib olishi mumkin. Oldinroq OAV bu borada tomonlar kelishuvga erishganligi haqida xabar bergan edi. Jamoada futbolchidan qanot o‘yinchisi sifatida foydalanish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari “Milan” hujumini kuchaytirish uchun “Sassuolo”dan Janluka Skamakka va “Ayaks”dan Sebastyan Aller kabi hujumchilarni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Avvalroq, Dibalaga o‘rinbosar topilgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







