Ajoyib o‘yin bo‘ldi — Karim Benzema
Hujumchi Chempionlar ligasining yarim finali haqida gapirdi.

Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema “Manchester Siti”ga qarshi Yevropa Chempionlar ligasining birinchi yarim final o‘yinidagi jamoasining o‘yini haqida fikr bildirdi.
“Bu ajoyib jamoaga qarshi birinchi yarim final o‘yini bo‘ldi. “Manchester Siti” o‘yinni yaxshiroq boshladi, biroq biz o‘yin oxiriga qadar taslim bo‘lmadik va baʼzi vaziyatlar yarata boshladik. Siz bunday katta jamoalarga qarshi kuchli bosimdan o‘ta olishingiz kerak. Biz buni uddalay oldik va yakunda uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldik”, - dedi Benzema.
Eslatib o‘tamiz, kecha Madrid klubi inglizlarga 4:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Yarim finalning javob o‘yini 4 may kuni Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq, FIFA Ukrainaga 1 million dollar va dori-darmon jo‘natgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







