Del Pero: “Siti” “Real”ga 8 ta gol urishi mumkin edi”
Sobiq futbolchi Chempionlar ligasining yarim finalida “Manchester Siti”ning g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

“Yuventus” sobiq hujumchisi Alessandro Del Pero “Manchester Siti” — “Real” uchrashuvidan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Turnir tarixidagi ajoyib o‘yinlardan biri bo‘ldi. “Manchester Siti” 4 ta gol kiritdi, ammo 8 ta gol urishi ham mumkin edi. Kichik detallar ham o‘yin natijasiga taʼsir qildi. Boshqa tarafdan oladigan bo‘lsak, Real tarkibi chempionlardan iborat. Karim Benzema va Luka Modrich singari o‘yinchilar raqibni har qanday xatosi uchun jazolay oladigan darajadagi ijrochilardir. Benzema maydonda nimalar qilganini ko‘rdingiz. “Real” 0:2 hisobida yutqazayotganda u jamoasini uyg‘otdi. Bu o‘yinda hali hech narsa maʼlum emas, barchasi Madridda hal bo‘ladi”, — dedi Del Pero.
Maʼlumot uchun, javob uchrashuvi 4 may, chorshanba oqshomida o‘tkaziladi.
Avvalroq, “Barsa” bilan “Real" Yevropa chempionlar ligasidan chetlatilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







