Klopp bilan muzokara boshlandi
“Liverpul” nemis murabbiyi bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi.

“Liverpul” va Yurgen Klopp yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshladi.
54 yoshli nemis muraqbbiyining amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Klub esa bosh murabbiyni jamoada saqlab qolmoqchi. “Liverpul” Klopp bilan shartnomasini kamida 4 yilga uzaytiradi.
Amaldagi kelishuvga ko‘ra, Yurgen yiliga 10 million funt maosh olmoqda va yangi shartnomaning moliyaviy shartlari yaxshilanishi aniq.
Klopp 2015 yildan beri “Liverpul”ni boshqarib kelmoqda. Bu vaqt ichida u klub bilan 5 ta sovrin, jumladan, Premyer-liga va Chempionlar ligasini qo‘lga kiritdi.
Avvalroq, Yurgen Klopp bilan Jeyms Milner qanday janjallashib qolgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







