O'zbekiston

Sinmagan ko‘ngil

Mehr tuyg‘usi bor ekan, ko‘ngillar sinmaydi.

Sinmagan ko‘ngil


“Odilbek akasining tug‘ilgan kuniga sakson yettita shar shishirdi. Akasi garchi o‘n sakkizga to‘layotgan bo‘lsa-da, uyni yuzta shar bilan bezatishni istagandi. To‘ng‘ichimga sharlarni tomosha qilishdan ko‘ra, ularni qo‘liga olib o‘ynash ko‘proq yoqadi. Lekin men quyonyurak bo‘lganim uchun barini shiftga osishni tayinladim. Bolam o‘ynayman deb, ularni yorib qo‘ysa, mening ham o‘takam yoriladi-da...  


Qizimga “Sen darslaringni qila qol, o‘zim tayyorlayman hamma narsani” desam ham, ko‘nmadi. Menga shirinliklarni pishirishdi-da, keyin chizmalarini chiza boshladi. Oydinning qalamni qog‘ozda o‘g‘il bolalardek to‘g‘ri va tekis yurgizishiga qarab hayron qolasan kishi. Pishiriq pishirishga ustaligidan esa juda xursandman. Kelin bo‘lganida rosa rahmat eshitadi nasib qilsa. Xullas, Odilbek dadasi bilan sharlarni shiftga ilishdi, Oydinning chizmalari ham turmush o‘rtog‘im tomonidan a’lo baholandi. Ertaga kundaligida paydo bo‘ladigan yana bir “5”dan xursand bo‘lguncha qizim uyquga ketdi.  


Ertalab hammadan vaqtli o‘zim uyg‘ondim. Bugun ona bo‘lgan kunim. To‘ng‘ichimning yuzlaridan o‘pib, tabriklab qo‘yish uchun xonasiga kirsam, Oydin ham uyg‘onibdi. Akasining yonida o‘tiribdi. Gilamda qog‘oz bo‘laklari sochilib yotibdi. Kecha chizgan chizmalari... 


— Oydin, voy, akang bilmay yirtib qo‘ygan, — dedim uni yupatish uchun... 
O‘g‘lim qog‘oz yirtishni bolaligidan yaxshi ko‘rardi. Singlisi kecha daftarlarini yig‘ishtirishga eringanmi yo charchaganidanmi, akasining xonasidagi xontaxtada qoldiribdi. Akasi esa ertalab barini maydalagan... 
— Hechqisi yo‘q, oyi! Akam bularni sovg‘a, deb o‘ylagan. Men esa ularga ko‘p oq qog‘ozlar bermoqchiydim. Tug‘ilgan kunlari-ku axir... — dedi qizim jilmaygancha...  
— Axir chizmalarni bugun topshirishing kerak-ku! — Oydin doim a’lochi bo‘lishga intiladi.  
— Dadamni uyg‘otaman, birpasda chizib tashlaymiz birga, — dedi-da, akasining yuzlaridan o‘pib qo‘ydi... 


Bolalarimning akasiga bo‘lgan mehrini kechadan beri yanada qattiqroq his qilib, ko‘zim yoshlandi. To‘ng‘ichim nogiron bo‘lmaganida hozir singlisi bilan ukasining mehridan qanchalik boshi osmonga yetganini ifodalardi... Shuning uchun uning nomidan ham qizimga minnatdorchilik bildirdim-da, rang-barang sharlarga qarab xursand o‘tirgan o‘g‘limni bag‘rimga bosdim... 


Mehr tuyg‘usi bor ekan, ko‘ngillar sinmaydi”.


Muallif: Shoira Shagiahmedova

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"