Taniqli futbol agenti Mina Rayola vafot etdi
U Zlatan Ibrahimovich, Pol Pogba, Erling Holand kabi yulduzlarning agenti bo‘lgan.

Taniqli futbol agenti Mina Rayola vafot etdi, deya xabar bermoqda italiyalik jurnalist va insayder Tankredi Palmeri.
Manba xabariga ko‘ra, italiyalik futbol agenti Mino Rayola uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng vafot etgan.
Rayola hozirga qadar Zlatan Ibrahimovich, Pol Pogba, Erling Holand singari taniqli yulduzlarning agenti sanalardi.
Avvalroq, “Real” o‘z shogirdini qaytarib olmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.







