Rangnik milliy jamoada ishlaydi
U hozirda “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi hisoblanadi.

Ralf Rangnik bir vaqtda “Manchester Yunayted” klubi va Avstriya milliy jamoasida faoliyat olib borishi mumkin.
“The Teleraph” nashrining yozishicha, germaniyalik mutaxassis Avstriya milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘lish uchun asosiy nomzod bo‘lib turibdi. U milliy jamoani boshqargan taqdirda ham “Manchester Yunaytey” maslahatchisi lavozimida qoladi.
Rangnik “MYU”da oyiga 6 kungina o‘z vazifalarini bajarishi kerak bo‘ladi. Unga Avstriya milliy jamoasi bilan ishlash qiziq — tez orada Yevro-2024 saralashi va Millatlar Ligasi boshlanadi.
Murabbiy Avstriyaning ko‘plab futbolchilari bilan yaxshi tanish — u allaqachon Marsel Zabitser, Stefan Layner va Konrad Laymerlar bilan klublarda birga ishlagan.
Avstriyada Rangnik katta obro‘ga ega, chunki uning qo‘l ostida “Zalsburg” milliy chempionatda gegemonga aylandi. U ingliz klubi bilan kelishib olishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Avstriya pley-off bosqichida Uelsga yutqazib, JCH-2022ga chiqa olmadi.
Avvalroq, Ronaldu AQShga ketishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







