Nigina Abduraimova tennis musobaqasida chempion bo‘ldi
U Tunisdagi turnirda 25 ming dollarlik mukofotni qo‘lga kiritdi.

Tunisning Monastir shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi turnir o‘z yakuniga yetdi. O‘zbekistonlik vakil Nigina Abduraimova hal qiluvchi final bahsida ispaniyalik Yvonne Kavalle-Reimersga qarshi kortga chiqdi.
2 soat-u 10 daqiqa davom etgan o‘yinda Nigina raqibasini 3:6, 6:2, 6:2 hisoblarida mag‘lub etdi va musobaqa chempionligini qo‘lga kiritdi.
Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatidan ma’lum qilinishicha, shu tariqa Nigina Tunisdagi turnirda 25 ming AQSH dollari mukofot jamg‘armasiga ega bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonlik sobiq tennischi Albina Xabibulina umrbod sportdan chetlashtirilgani ma’lum qilingandi.








