Holand “Man Siti” aʼzosiga aylandi
"Manchester Siti" Erling Holandni sotib olganini eʼlon qildi.

"Manchester Siti" o‘zining rasmiy sayti orqali Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Xoland bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.
Angliya klubi Dortmundning “Borussiya” klubidan futbolchini sotib olish borasida rasman kelishuvga erishdi. Norvegiyalik futbolchi 2022 yilning 1 iyulida “Manchester Siti”ga o‘tadi va keyingi mavsumdan boshlab jamoada o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, Holand “Borussiya” bilan 2020 yil boshida shartnoma imzolagan edi. Uning “Zalsburg”dan transferi nemis jamoasiga 20 million yevroga tushgan. “Borussiya” safida Holand 88 o‘yinda 85 ta gol urdi va 23 ta golli uzatmani amalga oshirdi.







