Sport

“Bunyodkor”ning murabbiyi o‘zgardi

Bugun jamoa qarorgohida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

“Bunyodkor”ning murabbiyi o‘zgardi

 

Xabaringiz bor, Superliganing 6-turi doirasida “Olimpik”ka yutqazgan “Bunyodkor” klub tarixida o‘z maydonidagi eng yirik hisobdagi mag‘lubiyatga uchragan edi. Mazkur muvaffaqiyatsizlikdan keyin klub rahbariyati murabbiylar shtabi oldiga “Navbahor”ga qarshi navbatdagi bahsda g‘alaba qozonish vazifasini qo‘ygandi. Garchi Namanganda mag‘lubiyatga uchralgan bo‘lsa-da, mezbonlar bilan bellashuvda “qaldirg‘ochlar” mazmunli o‘yin va munosib qarshilik ko‘rsata olganlaridan kelib chiqib, murabbiylar shtabiga yana imkoniyat berilgandi. Kecha Superliganing 8-turida “Metallurg” jamoasi bilan kuch sinashgan “Bunyodkor” yana muhim ochkolarni boy berdi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng klub rahbariyati tomonidan murabbiylar shtabida o‘zgarishlar amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Shu munosabat bilan bugun klub qarorgohida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Unda “Bunyodkor” murabbiylar shtabida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, bosh murabbiy Shuhrat Maqsudov, murabbiy Aram Ananyan va darvozabonlar murabbiyi Abdusattor Rahimov o‘z lavozimlarini tark etishlari eʼlon qilindi. Shu kunga qadar bosh murabbiy assistenti bo‘lib ishlab kelgan Viktor Karpenko bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Anvar G‘ofurov bosh murabbiy assistenti lavozimiga o‘tkaziladigan bo‘ldi. Ruminiyalik Avgustin Chirita jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida ishini davom ettiradi. Murabbiylar shtabidagi bo‘sh o‘rinlarga nomzodlarni ko‘rib chiqish Viktor Karpenko zimmasiga yuklatildi. Viktor Aleksandrovich tez kunlarda klub rahbariyatiga bu boradagi o‘z takliflarini kiritishi lozimligi taʼkidlandi.

 

Avvalroq, yil qahramonlari taqdirlangani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Bunyodkor”ning murabbiyi o‘zgardi | Zamon.uz