Holandning transferi nega buncha arzon?
Kecha “Manchester Siti” Erling Holand transferini eʼlon qildi.

Erling Holand kelasi mavsumni “Manchester Siti” libosida boshlaydi. Bu xabar kecha rasman tasdiqlandi. Biroq klub egalari yangi yulduz uchun katta miqdordagi pulni to‘lamaydilar.
“The Atletic” xabariga ko‘ra, Holand klubning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi. Biroq uning maoshi Kevin de Bryuyne oladigan haftalik 375 ming funtdan (440 ming yevro) oshmaydi.
Xuddi shu “The Atletic” nashri transfer summasini 75 million yevro bo‘lganini yozdi. Biroq keyinroq insayder Fabritsio Romano bu summa 60 million yevroga yaqinroq ekanini aytdi. Ehtimol, farq birinchi manba potensial bonuslarni hisobga olganligi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi esa belgilangan to‘lovning o‘zini maʼlum qilgan. Lekin bu shunchaki taxmin.
Transfermarkt maʼlumotlariga ko‘ra, Erlingning transferi “Siti” tarixidagi eng qimmat to‘qqizinchi transfer bo‘lgan. Klub norvegiyalik futbolchiga sarflagan summani Benjamin Mendi uchun ham to‘lagan. Mendi esa hozir jinoiy ish bilan ayblanib, hibsga olingan.
Premyer-liga tarixidagi boshqa kelishuvlar fonida Holandning transferi juda kamtarona ko‘rinadi: norvegiyalikning transferi hatto top-20 talikka ham kira olmadi.
Premyer-ligadagi hujumchilar orasida Erlingning transferi ham yetakchilar qatorida emas. 2015 yilda "Manchester Yunayted" Entoni Marsiyal uchun xuddi shunday 60 million yevro to‘lagan edi.
Transfer nega bunchalik arzon?
Aslida, “Siti” futbolchi uchun juda ko‘p pul to‘lashi kerak bo‘ladi. Lekin transfer summasi uchun emas. “The Atletic”ning maʼlumotlariga ko‘ra, "Man Siti" hujumchi uchun jami 60 emas, balki 213 million funt sterling sarflaydi.
Bu katta miqdor uchta qismdan iborat. Birinchidan transfer summasi uchun 75 million yevro sarflansa,ikkinchidan futbolchining vakillari va agentlariga 49 million yevro to‘laydi. Bundan tashqari klub 5 yillik shartnoma bo‘yicha 125 million funt sterlinglik maosh ishlatadi.







