Hozir transferlar haqida gapirishning vaqti emas —Anchelotti
“Real” bosh murabbiyining bor eʼtibori Chempionlar ligasida.

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Chelsi” himoyachisi Antonio Ryudiger hamda “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappening poytaxt klubiga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi.
“Chempionlar ligasi finalidan keyin bu haqda gapirishga vaqt topiladi. Ayni damda mavsumni yaxshi yakunlash uchun barcha ishni qilyapmiz. Hozir "Real Madrid"ning yangi, taklif qilinayotgan transferlari haqida gapirishning vaqti emas", - deya “Mundo Deportivo” nashri Anchelottining so‘zlaridan dan iqtibos keltirdi.
Avvalroq, Benzema La Ligada shaxsiy rekordini yangilagani haqida xabar berilgandi.







