OFK prezidenti O‘zbekistonda
U Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishadi.

Xabaringiz bor, iyun oyida yurtimizda 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida futbol bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
Shu munosabat bilan Toshkent va Qarshi shaharlarida o‘tkaziladigan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayoni bilan yaqindan tanishish, shuningdek, mamlakatimizda futbolni yana-da rivojlantirishga oid masalalarni muhokama qilish maqsadida Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Halifa boshchiligidagi OFK delegatsiyasi mamlakatimizga tashrif buyurdi.
OFK Prezidentiga tashkilot Bosh kotibi Datuk Seri Vindsor Jon, Bosh kotib o‘rinbosari Voxid Kardani, shuningdek, bir nechta masʼul vakillar hamrohlik qilmoqda.
Bugun, Toshkent xalqaro aeroportida OFK delegatsiyasini Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, UFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimovlar kutib oldi.
Avvalroq, U-23 Osiyo chempionatiga qurʼa tashlangani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







