Oliveyra Maxachevga qarshi jangdan bosh tortdi
U biroz dam olmoqchi.

Yengil vazn toifasida UFC kamari sohibi Charlz Oliveyra navbatdagi jangini Islam Maxachevga qarshi jang qilishdan bosh tortdi.
"Maxachev birinchi navbatda Dariushga qarshi jang qilishi lozim. Ular o‘zaro jang qilishlari va ulardan kim chempionlik jangida haqli ekanligini isbotlashlari lozim. Maxachevni hurmat qilaman, lekin Dariush ham ancha kuchli jangchi. Men hech qachon jangdan bosh tortmaganman, biroq hozir biroz dam olaman va keyin yana oktagonga qaytaman",—dedi Charlz Oliveyra.
Avvalroq, Habib Nurmagomedov afg‘onlardan kechirim so‘ragani haqida xabar berilgandi.







