Nike Rossiya grandi bilan hamkorlikni to‘xtatdi
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Amerikaning sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasi Moskvaning “Spartak” klubi bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Nike kompaniyasi “Spartak”ni hamkorlik shartnomasini bekor qilganligi to‘g‘risida xabardor qildi. Chunki UEFA qaroriga ko‘ra, bizning klub kelasi mavsumda yevrokuboklarda ishtirok eta olmaydi.
“Spartak” tijorat bo‘limi rahbariyati jamoaga ekipirovkalar yetkazib beruvchi yangi hamkor qidirish ustida ishlamoqda”, deyiladi Moskva klubi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Nike va “Spartak” 2005-yildan buyon hamkorlik qilib kelayotgan edi.
Avvalroq, sobiq futbolchining 73 yoshli otasi uylangani haqida xabar berilgandi.







