Qaror deyarli qabul qilindi
Mbappe kelajagiga oydinlik kiritdi.

“PSJ” futbolchisi Kilian Mbappe kelajagi borasida qaror chiqarganini maʼlum qildi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Futbolchi bu haqda Fransiya chempionatining eng yaxshi futbolchisini taqdirlash marosimada eʼlon qildi.
“Men kelajagim haqida gapira olmayman, lekin tez orada hamma narsani bilib olasiz. Hammasi deyarli hal qilindi. Hozir to‘g‘ri vaqt emas, lekin ha, qaror deyarli qabul qilindi. Fransiya terma jamoasi bilan yig‘indan avval qarorimni rasman eʼlon qilaman”, — dedi Mbappe.







